Jahon | 10:20 / 12.06.2016
3627
1 daqiqa o‘qiladi

Italiya sohilbo‘yi qo‘riqlash xizmati 1300 dan ortiqroq muhojirni qutqarib qoldi

Italiya sohilbo‘yi qo‘riqlash xizmati Sitsiliya va Shimoliy Afrika o‘rtasida 11 ta qutqaruv operatsiyasi o‘tkazishi natijasida 1348 nafar muhojirning hayotini qutqarib qoldi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.  

Ta'kidlanishicha, oxirgi 3 kun ichida 3000 dan ortiq odam qutqarib qolingan.

Agentlik ma'lumotlariga ko‘ra, Italiyaga yil boshidan kelgan muhojirlarning umumiy soni 50 mingga yaqinni tashkil qiladi, bu esa o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 10 foiz kamroq.