23:05 / 13.06.2016
5172

Yevro-2016: Irlandiya va Shvetsiya uchrashuvida jangovar durang qayd etildi

Irlandiya va Shvetsiya terma jamoalari Yevropa—2016 turniridagi ishtiroklarini durang bilan boshlashdi. Sen-Denidagi «Stad de Frans» stadionidagi uchrashuvda 1:1 hisobi qayd etildi. 

Birinchi bo‘limda shvedlar to‘pga egalik qilishdi, ammo xavfli vaziyatlar irlandlar tomonidan yaratildi. Ikki  marta xavfli zarbalar darvoza to‘siniga tegdi.

Ikkinchi bo‘lim boshida Sheymus Koulman reyd uyushtirib, Uesli Hulahanni to‘p bilan ta'minladi, u esa bir urinishda to‘pni darvozaning chap burchagiga joyladi. 

71-daqiqada Zlatan Ibrahimovich katta sahnaga chiqdi, uning xatti-harakatlaridan keyin himoyachi Kiran Klark o‘z darvozasini ishg‘ol etib qo‘ydi - 1:1. 

Irlandiya – Shvetsiya 1:1 (0:0, 1:1)
Gollar: 1:0 – 48 Hulahan, 1:1 – 71, avtogol Klark.
Irlandiya – Rendolf, Klark, O′Shi, Koulmen, Makkarti (Makgidi, 85), Breydi, Xulaxan (Kin, 78), Uelan, Xendrik, Long, Uolters (Makkleyn, 64).
Shvetsiya – Isaksson, Lindelef, Olsson, Lyustig (Yuxansson, 45), Grankvist, Larsson, Levitski (Ekdal, 86), Chelstrem, Forsberg, Berg (Gvidetti, 59), Ibrahimovich.
Ogohlantirishlar: Makkarti (43), Lindelef (61), Uelan (77).

Top