O‘zbekiston | 16:09 / 13.06.2016
14378
1 daqiqa o‘qiladi

XXR rahbari O‘zbekistonga davlat tashrifi bilan keladi

XXR raisi Si Tszinpin 17-22 iyun kunlari Serbiya, Polsha va O‘zbekistonga davlat tashrifi bilan boradi. Bu haqda Sinxua agentligi xabar tarqatgan.

Xitoy tashqi ishlar vaziri Lu Kang ma'lumot berishicha, XXR raisi Serbiya prezidenti Tomislav Nikolich, Polsha prezidenti Andjyey Duda va O‘zbekiston prezidenti Islom Karimov takliflariga binoan ushbu mamlakatlarda bo‘ladi.

23-24 iyun kunlari Xitoy yetakchisi Toshkentda Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashining 16-yig‘ilishida ham ishtirok etadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish