Jamiyat | 19:08 / 14.06.2016
11113
1 daqiqa o‘qiladi

2016 yilning 1-choragida O‘zbekistonda 48 kishi favqulodda vaziyatlar tufayli qurbon bo‘ldi

FVV statistik ma'lumotlariga ko‘ra, 2016 yilning yanvar-mart oylari davomida O‘zbekistonda sodir bo‘lgan favqulodda vaziyatlar oqibatida 48 kishi halok bo‘ldi, 37 kishi jarohatlandi.

Eng ko‘p qurbonlar va jabrlanganlar Namangan viloyatida qayd etildi. Namanganda yuz bergan FVlar natijasida 16 kishi vafot etib, 15 kishi jarohatlandi. Qashqadaryo viloyatida 8 kishi halok bo‘ldi, Toshkentda 4 nafardan kishining o‘limi va jarohat olishi qayd etildi.

Dastlabki uch oyda O‘zbekistonda 26 FV: 8 ta yo‘l-transport hodisasi, 6 marotaba zilzila, 5 holatda zaharli moddalardan zaharlanish, 2 ta yong‘in, 1 ta bino (yoki inshootning) qulashi, 1 ko‘chki, 1 suvdagi hodisa, 1 it tishlashi va 1 ommaviy ovqatdan zaharlanish kuzatildi.