Jahon | 21:49 / 14.06.2016
7410
1 daqiqa o‘qiladi
Afg‘oniston qurolli kuchlari bir kun ichida 117 nafar jangarini yo‘q qildi
Afg‘oniston armiyasi maxsus harbiy amaliyotlar doirasida bir kecha-kunduzda 117 nafar jangarini yo‘q qildi, deb xabar qilmoqda “Sinxua” agentligi.
"Afg‘oniston xavfsizlik va mudofaa kuchlari so‘nggi 24 soat ichida bir nechta harbiy amaliyot o‘tkazgan, ularda 117 jangari o‘ldirilgan, 50 nafari yaralangan. 2 kishi ushlangan", — deyiladi Afg‘oniston mudofaa vazirligi xabarida.
Amaliyotlar mamlakatning 34 ta provinsiyasidan 18 tasida o‘tkazilgan. Yo‘q qilingan jangarilar orasida IShIDning 15 a'zosi ham bo‘lgan. Harbiylar safidan 2 xizmatchi halok bo‘lgani xabar qilinmoqda.