Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 10:13 / 14.06.2016
3305
1 daqiqa o‘qiladi
Nyu-Yorkdagi bolalar maydonchasida bo‘lgan otishmada besh nafar o‘smir yaralandi
Nyu-Yorkda politsiya o‘qotar qurol bilan besh nafar o‘smirni yaralagan noma'lum jinoyatchini qidirmoqda. Bu haqda ABC News xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, voqea Bruklindagi bolalar maydonchasida bo‘lgan.
Politsiyaning ma'lum qilishicha, o‘smirlar shifoxonaga yotqizilgan. Ularning hayoti xavf ostida emas. Huquq-tartibot idoralari xodimlarining aniqlashlaricha, yaralanganlar 15 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar bo‘lgan.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish