Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston | 14:13 / 15.06.2016
8006
1 daqiqa o‘qiladi
Andijonda hayvonot bog‘i ishga tushadi
Andijon viloyatining Bog‘ishamolida ulkan hayvonot bog‘i qurilmoqda. Bu haqda “O‘zA” xabar bermoqda.
Ma'lum bo‘lishicha, Buyuk ipak yo‘li bo‘yida bunyod etilayotgan mazkur majmua O‘zbekiston viloyatlari orasida birinchisi hisoblanadi.
Avvalroq, Samarqand va Farg‘onada Toshkent hayvonot bog‘i filiallari ochilishi to‘g‘risida hukumat qarori chiqarilgan edi. Hujjatda aytilishicha, Termiz shahridagi hayvonot bog‘i rekonstruksiya qilinadi.
Andijondagi hayvonot bog‘i viloyatlar orasidagi eng kattasi bo‘lishi kutilmoqda.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish