Moskva viloyatidagi yong‘inda uch kishi halok bo‘ldi
Moskva viloyatidagi Fryazino shahrida mebel fabrikasida sodir bo‘lgan yong‘inda 3 kishi halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda huquq-tartibot muassasalaridagi manbaga iqtibos keltirgan holda TASS axborot agentligi.
"Ayni vaqtda bir ayol va ikki erkakning jasadi topilgan. Ularning barchasi fabrikada ishlagan. Yong‘in vaqtida aloqa yo‘qolib qolgan ikki o‘t o‘chiruvchi bilan nima yuz bergani aniqlashtirilmoqda", deb aytdi manba.
Ma'lum qilinishicha, 3 kishi, jumladan fabrika ishchilarini evakuatsiya qilayotganda yong‘indan zaharlangan 2 o‘t o‘chiruvchi shifoxonaga yetkazilgan.
Moder italyan mebel fabrikasining bir qavatli binosi 16 iyun kechki payt yonib ketgan. Yong‘in maydoni 3700 metr kvadratdan ko‘proq maydonni tashkil qilgan, 1800 metr kvadrat maydonda tom qulab tushgan. Yong‘inga uchinchi daraja berilgan.