Jahon | 01:02 / 17.06.2016
5529
1 daqiqa o‘qiladi

Obama Saudiya Arabistonining ikkinchi valiahd shahzodasi bilan uchrashadi

AQSh prezidenti Barak Obama 17 iyunda Saudiya Arabistonining ikkinchi valiahd shahzodasi Muhammad ibn Salmon Al-Saud bilan uchrashadi, deb ma'lum qildi Reuters axborot agentligi. 

Oq uy matbuot kotibining ma'lum qilishicha, siyosatchilar Yaqin Sharqdagi ixtiloflarni, shu jumladan IShIDga qarshi kampaniyani muhokama qiladilar. 

Saudiya Arabistoni shahzodasi AQShga Vashington bilan munosabatlarni yo‘lga qo‘ygani keldi. Shahzoda qirollikning neftdan olinadigan daromadlarga bog‘liqligini kamaytirish masalasiga ham to‘xtalib o‘tishi kutilmoqda. 

Uchrashuv Oq uyda bo‘lib o‘tadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish