OAV: AQSh va NATO Afg‘oniston armiyasiga 15 mlrd dollar ajratmoqchi
AQSh va NATOning qolgan davlatlari yaqin to‘rt yil ichida Afg‘oniston armiyasi va politsiyasini ta'minlash uchun 15 mlrd dollar ajratmoqchi. Bu haqda 18 iyunda o‘z saytida Washington Post gazetasi ma'lum qildi hamda bu masala bo‘yicha qaror qabul qilinishi NATOning iyuldagi Varshavadagi sammitida kutilayotganini qo‘shimcha qildi.
"AQSh va uning ittifoqdoshlari afg‘on xavfsizlik kuchlarini moliyalash uchun 2020 yil oxirigacha 15 mlrd dollar yig‘ishga harakat qilib ko‘rishadi", deb nashrga aytdilar amerikalik rasmiy shaxslar. Ularning aytishicha, "umumiy qiymatdan 10,5 mlrd dollarni AQSh ajratishi kerak".
Ayni vaqtda afg‘on armiyasi va xavfsizlik kuchlarining soni 300 ming kishidan ko‘proqni tashkil qilmoqda. Bundan tashqari, mamlakatda NATO davlatlarining 12 ming harbiysi joylashgan, ulardan 10 mingga yaqini amerikalik harbiylardir. Bu kuchlarga qo‘mondonlik qiluvchi general-leytenant Jon Nikolson hozirda AQSh mudofaa vaziri va prezidentiga Afg‘onistonda yaqin yillarda bu kuchlarni qanday miqdorda qoldirish masalasi bo‘yicha tavsiyalar tayyorlashni yakunlamoqda.