Jahon | 17:03 / 19.06.2016
5474
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiyaning Kareliya o‘lkasidagi ko‘lda bo‘ron vaqtida qayiq ag‘darilishi tufayli 11 bola halok bo‘ldi

Rossiyaning Kareliya o‘lkasi hududidagi Syamozero ko‘lida kuchli bo‘ron turishidan keyin sayyohlar qayig‘i ag‘darilib ketishi oqibatida 11 bola halok bo‘ldi. Yana 2 bolaning taqdiri noma'lumligicha qolmoqda. Bu haqda TASS agentligi mahalliy politsiyaga asoslanib xabar tarqatgan.

Bolalarning yoshi 12 yoshdan 15 yoshgacha bo‘lgan. Ularning barchasi Moskvadan ta'tilni o‘tkazish uchun Kareliyaga kelgandi.

Xabar qilinishicha, bugun ko‘lda bo‘ron boshlangach 2ta qayiqqa mingan 49 kishidan iborat guruh yo‘qolib qolgan. Qayiqlardan biri qutqaruv xizmatidagilar tomonidan qutqarilgan. Bu qayiqda 11 bola bo‘lgan. Deyarli muzlab qolgan bolalarga tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

O‘lka FVV qidiruv ishlariga 22 kishi hamda 13ta maxsus texnikani o‘z tarkibiga olgan qutqaruv guruhini jalb etgan.

Voqea joyida Mi-8 i Ka-32 vertolyotlari ish olib bormoqda.