09:54 / 20.06.2016
5225

Xitoyda suv toshqini tufayli 400 ming kishi evakuatsiya qilindi

Xitoyning markaziy qismida sel kelishi oqibatida yuz bergan suv toshqini tufayli 400 ming kishi evakuatsiya qilindi. Bu haqida Interfaks xabar qildi. 

Ma'lumotlarga ko‘ra, kamida 12 nafar kishi bedarak yo‘qolgan. 

Xubey provinsiyasidagi Xuangan okrugida 18 iyun kuni 251 mm yog‘ingarchilik yog‘di. 

Sel kelishi natijasida uylar, ko‘priklar, to‘g‘onlarning qisman vayron bo‘ldi va yo‘llar buzildi. Ko‘plab qishloq xo‘jalik yerlari suv ostida qoldi. 

Xitoy metereologiya xizmati xavfsizlikning "sariq" darajasini qayd etishmoqda (4 balli shkaladan 3 ballni).

Top