08:51 / 21.06.2016
8106

Putin "Lenfilm" kinostudiyasiga tashrifi vaqtida fortepianoda musiqa ijro etdi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin "Lenfilm" kinostudiyasiga tashrif buyurib, uning direktori Eduard Pichugin, Rossiya madaniyat vaziri Vladimir Medinskiy va rejissyor Fedor Bondarchuk bilan suhbatlashdi.

Kinostudiyadagi 18-asrga mansub pianino Putinning alohida e'tiborini o‘ziga tortdi. Musiqa asbobi biroz qarovsiz ahvolda bo‘lsa-da, Putin unda bastakor Tixon Xrennikovning "Moskovskiye okna" (Moskva oynalari) musiqasini ijro qilib berdi.

Putin jamoatchilikni fortepianoda musiqa ijro etishi bilan birinchi bor hayratlantirmayapti. U bir marta xayriya konsertida Gollivud yulduzlari oldida royalda "S chego nachinayetsya Rodina" (Vatan nimadan boshlanadi) kompozitsiyasini ijro etib bergandi.

Ikki yil avval esa Putin Milliy yadroviy tadqiqot universiteti talabalari xoriga jo‘r bo‘lib, "Moskovskiye okna" musiqasini ijro etgandi.

Top