Sport | 18:48 / 22.06.2016
4421
2 daqiqa o‘qiladi

Vitaliy Mutko: «Slutskiyga yana vaqt beramiz»

RF Sport vaziri hamda RFI prezidenti sanaluvchi Vitaliy Mutko Rossiya terma jamoasi bosh murabbiyi Leonid Slutskiyga milliy terma jamoa murabbiyligini qabul qilish bo‘yicha o‘ylab ko‘rish uchun yana vaqt berilishini ma'lum qildi.

«Yana bir oz fursat beramiz. Hozir ko‘pchilik emotsiya holatida», – degan Mutko.

Qayd etish kerakki, Slutskiy 2015 yilning avgustida, Kapello ishdan bo‘shatilgach, vaqtinchalikka terma jamoani boshqarishga rozi bo‘lgandi. U ayni vaqta TsSKA jamoasida ham bosh murabbiy hisoblanadi. Yevro-2016 guruh bosqichining 3-turida Uelsdan uchralgan 0:3 hisobida mag‘lubiyat qayd etilib, Rossiya turnirni tark etgach, u terma jamoadan ketishi haqida 2 marta bayonot berdi.

Uning o‘rniga avvaliga Cherchesov tayinlanishi haqida xabar berildi. Keyinroq Manuel Pellegrini Rossiya terma jamoasi bosh murabbiyi lavozimini egallashi mumkinligi haqida xabarlar paydo bo‘ldi.

Manba: Tribuna.uz