Sport | 13:54 / 23.06.2016
4146
1 daqiqa o‘qiladi

Ibrahimovich Shvetsiya terma jamoasi safidagi so‘nggi o‘yinini o‘tkazdi

Yevro-2016 turnirining guruh bosqichi 3-turida Belgiyaga qarshi kechgan va 0:1 hisobidagi mag‘lubiyat bilan yakunlangan uchrashuv shvedlar hujumchisi Zlatan Ibrahimovich uchun milliy terma jamoa safida o‘tkazilgan so‘nggi uchrashuv bo‘lib qoldi.

34-yoshli futbolchi ushbu uchrashuv arafasida Yevropa chempionatidan keyin Shvetsiya terma jamoasidagi faoliyatini yakunlashi haqida ma'lum qilgandi.

Shvedlar belgiyaliklardan qabul qilingan mag‘lubiyatdan keyin guruhda so‘nggi o‘rinda qolishdi va turnirni tark etishdi.

Zlatan terma jamoa safida 2001 yildan buyon o‘yinlarda ishtirok etib keldi. U Shvetsiya bilan JCh-2002 va JCh-2006 turnirlarida, shuningdek 4 marta Yevropa chempionatida (2004, 2008, 2012 va 2016 yy) ishtirok etgan.

Ibrahimovchi terma jamoada 116ta o‘yin o‘tkazib, 62ta gol urgan va mamlakat tarixidagi eng yaxshi to‘purar bo‘lgan.

Manba: Tribuna.uz