Jahon | 15:50 / 24.06.2016
4688
1 daqiqa o‘qiladi

Qirg‘iziston TIV Qozog‘istondagi yuz bergan YTH qurbonlarning oila a'zolari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi

Qirg‘iziston TIV xodimlari Qozog‘istondagi YTHda halok bo‘lgan va jarohatlanganlarning oila a'zolari bilan doimiy hamkorlik qilib turishibdi. Bu haqda mamlakat ichki siyosat tashkiloti matbuot xizmati xabar bermoqda.

Vazirlik ma'lumotiga ko‘ra, YTH oqibatida 15, 14, 13 va 9 yoshli bolalar hamda 34 yashar ayol halok bo‘lgan. Qirg‘izistonning yana to‘rt nafar fuqarosi og‘ir holatda shifoxonaga yetkazilgan. Ular orasida avtohalokatda halok bo‘lgan uch nafar bolaning otasi ham bor.

"Olmaotadagi Qirg‘iziston bosh konsulligi xodimi avtohalokatda uch nafar bolasi halok bo‘lgan va o‘zi shifoxonaga yotqizilgan erkakni ko‘rish uchun Balxashga yetib kelgan”, — deyiladi matbuot xizmati bergan ma'lumotda.