G‘arbiy Tyan-Shan Butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritilishi mumkin
Joriy yilning10-20 iyul kunlari Turkiyaning Istambul shahrida YuNeSKOning Butunjahon merosi ro‘yxatining 40-sessiyasi bo‘lib o‘tmoqda. Unda ishtirok etayotganlar jahondagi 29 ta yangi tabiat, madaniy, shuningdek, aralash xususiyatga ega obektlarni Butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritish borasida muzokaralar olib bormoqda. Obektlar qatorida G‘arbiy Tyan-Shan tog‘lari ham bor. Bu haqda BMT axborot markazi xabar bergan.
G‘arbiy Tyan-Shan tog‘larini Butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritishni so‘rab Qozog‘iston, Qirg‘iziston va O‘zbekiston ariza bilan chiqishgan. Tyan-Shanning (Osmon tog‘lari) eng baland cho‘qqisi G‘alaba cho‘qqisi bo‘lib dengiz sathidan 7439 m balandlikda joylashgan.
G‘arbiy Tyan-Shan tog‘lari markaziy qismidan baland bo‘lishi bilan birga ajoyib va turfa xildir. Qozog‘iston, O‘zbekiston va Qirg‘iziston va qisman Tojikiston hududlarida joylashgan G‘arbiy Tyan-Shan tog‘lari shimoliy-sharqdan janubi-g‘arbga tomon 300 km masofada yastanib yotadi, deb yozmoqda Orient-Tracking.com.
Butunjahon merosi ro‘yxatiga dunyoning 1000 dan ziyod obekti kiritilgan.
Foto: Anvar Xodjaniyazov