22:04 / 25.06.2016
6310

Xorvatiya-Portugaliya: Ilk kichik final

Bugun Yevropa chempionatida pley-off o‘yinlari boshlanadi. Kunning uchinchi o‘yinida Xorvatiya hamda Portugaliya terma jamoalari o‘zaro bahslashishadi. Bu o‘yinni final oldidan bo‘lib o‘tadigan kichik final deyish mumkin.

Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 23:59da «Bollart-Delelis» stadionida boshlanadi. Uni ispaniyalik karlos Velasko Karbalo boshqarib boradi.

Xorvatiya Yevropa chempionatini D guruhida boshladi. Xorvatlar Turkiya hamda Ispaniyani mag‘lub etishdi. Chexiyaga qarshi o‘yinda esa durang qayd etishdi.

Portugaliya F guruhida qatnashdi. Krishtianu Ronaldu jamoasining dastlabki iki turda omadi kelmadi. Ular Avstriya va Islandiyaga qarshi o‘yinda juda yomon o‘ynashdi va durang o‘ynashdi. Uchinchi turda esa Vengriyaga qarshi juda yaxshi o‘yin ko‘rsatishdi. Biroq bu gal ham ular 3:3 hisobida durang o‘ynashdi. Uchta o‘yindagi durang ham Portugaliyaning pley-offga chiqishiga xalaqit bermadi.

Xorvatiya hamda Portugaliya o‘rtasidagi final oldidan bo‘lib o‘tadigan kichik finalni o‘tkazib yubormang. O‘yinni tomosha qilish imoningiz bo‘lmamasa, Tribuna.uz saytida olib boriladigan matnli translyatsiyani kuzatib boring. Yarim tunda futbol ko‘rishga nima yetsin...

Top