Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Somalidagi mehmonxonada sodir bo‘lgan otishmada yetti kishi halok bo‘ldi
“Ash-Shabob” terrorchilik tashkiloti jangarilari Somali poytaxti Mogadishodagi Nasahablood mehmonxonasiga qurolli hujum uyushtirishdi.
Politsiya ma'lumotiga ko‘ra, otishma vaqtida kamida yetti kishi halok bo‘lgan. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.
Guruh jangarilari mehmonxona ichida odamlarni asir olishgan, deb xabar bermoqda Associated Rress.
Ma'lum qilinishicha, ayni paytda asir olingan odamlar soniga aniqlik kiritilmagan.
Mahalliy politsiya vakilining aytishicha, jangarilar mehmonxona ichidan turib garanatalar otishmoqda, pulemyotlardan o‘q yog‘dirishmoqda.