Jamiyat | 00:25 / 28.06.2016
23279
1 daqiqa o‘qiladi

Bosh prokuratura: Bosh vazir o‘rinbosari jinoiy javobgarlikka tortilgani haqidagi xabarlar asossiz

O‘zbekiston Bosh prokuraturasi mamlakat bosh vaziri o‘rinbosari, «O‘zavtosanoat» aksiyadorlik kompaniyasi boshqaruvi raisi Ulug‘bek Rozukulov jinoiy javobgarlikka tortilgani va unga nisbatan uy qamog‘i shaklidagi cheklash chorasi ko‘rilgani haqidagi xabarlarni inkor qildi.

«Bu xabar haqiqatga mos kelmaydi va ayni paytda Bosh prokuraturada Rozukulov U. ga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoiy ish mavjud emas», deyilgan Bosh prokuratura matbuot xizmati xabarida.

Xabarda, bundan oldinroq ba'zi saytlar tarqatgan xabarlar asossiz ekani ta'kidlangan.