Yevro-2016 tarixda eng ko‘p gol urilgan Yevropa chempionatiga aylandi
Angliya terma jamoasi Ueyn Runining Yevropa chempionati nimchorak finali doirasida Islandiya darvozasiga 4-daqiqada kiritgan goli turnirdagi 86-gol bo‘ldi.
Natijada ushbu musobaqa oldingi chempionatlardagi sermahsullik ko‘rsatkichidan o‘zib ketdi.
Bundan oldingi rekord Yevro-2000 turnirida qayd etilgan. O‘shanda muxlislar turnir davomida 85 gol ko‘rishgandi. Yevro-2016 turnirida esa hozirga kelib urilgan gollar soni 88taga yetdi (Runining golidan keyin islandiyaliklar 2 marta Jo Hart darvozasini ishg‘ol etishdi.
Qayd etish kerakki, gollarning ko‘pligi Yevro-2016da ilk marta 24 jamoa ishtirok etayotgani va o‘yinlar soni mutanosib ravishda ortgani bilan bog‘liq. 1960 yildan 1976 yilgacha turnir ishtirokchilari soni 4ta bo‘lgan. 1980 yildan 1992 yilgacha Yevropa chempionatining final bosqichida 8tadan jamoa ishtirok etgan, 1996 yildan boshlab esa jamoalar soni 16taga yetgandi.
Yevro-2016 – 88 gol,
Yevro-2000 – 85
Yevro-2004 – 77
Yevro-2008 – 77
Yevro-2012 – 76
Yevro-1996 – 64
Manba: Tribuna.uz