Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Malayziya tungi klublarining birida sodir bo‘lgan portlashda 8 kishi yaralandi
Malayziyadagi tungi klublarning birida Yevropa futbol matchini tomosha qilib o‘tirgan bir guruh odamlarga qarata noma'lum shaxs granata uloqtirgan. Boshqa ma'lumotlarga qaraganda esa portlovchi jism oddiy shisha idishi bo‘lib, uning ichida yonuvchi aralashmali suyuqlik bo‘lgan. Malayziyaning Puchong shahrida sodir bo‘lgan ushbu portlashdan sakkiz kishi yaralangan. Bu haqda Star nashri xabar bermoqda.
Voqea Seshanba kuni tongda sodir bo‘lib, 4 nafar erkak va 4 nafar ayol turli jarohatlar bilan shifoxonaga yotqizilgan. Shifokorlardan biri ular olgan jarohat hayotiga xavf solar darajada emasligini bildirdi.
Ayni damda huquqni muhofaza qiluvchi organlar ushbu holat yuzasidan tergov jarayonlarini boshlab yuborgan. Hozircha yuz bergan mazkur holat terrorchilik harakatlarini istisno etmoqda.
foto:Google image
Mavzuga oid
12:54 / 02.04.2026
Pushti masjid, qadimiy port, egizak minoralar va keng assortimentli gastronomiya: sayohat uchun nega Malayziyani tanlash kerak?
12:24 / 17.03.2026
“Umra plyus” dasturi uchun malay va indonez tillarini biladigan gidlar tayyorlanadi
09:25 / 06.03.2026
Malayziya va Indoneziyadan jalb qilingan sayyohlar uchun subsidiya ajratiladi
19:34 / 11.01.2026