Jahon | 18:03 / 28.06.2016
7088
1 daqiqa o‘qiladi

Obama Brexit tufayli isyon ko‘tarmaslikka chaqirdi

AQSh prezidenti Barak Obama o‘tgan haftada bo‘lib o‘tgan referendum natijalari tufayli "moliyaviy va xalqaro isyon ko‘tarmaslikka" chaqirdi. U bugun 28 iyun kuni Amerikaning NPR radiostansiyasi efirida bu haqida ma'lum qildi. 

"Men uning ahamiyatini bu qadar bo‘rttirmas edim. Brexit'dan keyin hamma xuddi NATO qayoqqadir g‘oyib bo‘lgandek yoki transatlantik ittifoqqa chek qo‘yilayotgandek jazavaga tushib qoldi. Aslida bunday emas", - dedi Obama. 

AQSh prezidentining so‘zlariga ko‘ra, ushbu vaziyatga eng yaxshisi shunday izoh berish mumkin: "Yevropa integratsiyasi loyihasida "pauza" tugmasi bosildi". 

23 iyunda Buyuk Britaniyaning Yevropa Ittifoqidan (YeI) chiqish tarafdorlari  referendumda g‘alaba qozonishdi.
 

 

foto:Claire O'Neill/NPR

Mavzuga oid