Davlat fuqarolik xizmatidagi vakansiyalar portalida keltirilişiça, Britaniya hukumatining Yevropa Ittifoqi va xalqaro iqtisodiy munosabatlar böyiça ikkinçi doimiy kotibi lavozimini egallaydigan şaxsga yiliga 153 ming funtdan 200 ming funtgaça maoş taklif etiladi.

Da’vogarlardan arizalar 8 dekabr oqşomigaça qabul qilinadi.

Vakansiya tavsifida yozilişiça, tanlab olingan nomzod Buyuk Britaniya hukumatining YeI bilan munosabatlarida yetakçi rol öynaydi, qator masalalar, xususan savdo, xavfsizlik va çegara siyosatida Buyuk Britaniyaning “asosiy manfaatlari”ni himoya qiliş uçun javobgar böladi.

Bölajak amaldor – boş vazirning Yevropa Ittifoqi bilan munosabatlar böyiça boş maslahatçisi, Bryussel bilan muzokaralarda “katta va şaxsiy vakili” bölişi qayd etilgan.

Eslatib ötamiz, 2016 yildan boşlab Britaniyada Yevropa Ittifoqidan çiqiş şiori ostida ketma-ket bir neçta konservativ hukumatlar hokimiyatga kelgan va ular 2020-21-yillarda bunga erişgandi.

Sörovlar şuni körsatadiki, britaniyaliklarning köpçiligi hozir Brexit'dan afsusda. Ilgari Yevropa Ittifoqidan çiqiş tarafdori bölganlarning salmoqli qismi hozirga kelib öz fikrini özgartirgan.

2024 yil iyulida Starmer boşçiligidagi leyboristlar hokimiyatga keldi. Ular Yevropa Ittifoqi bilan munosabatlarni “qayta tiklaşga” va’da bergan, ammo ittifoqqa qayta qöşilişni ilgari surmagan.

Oktyabr oyida Starmer Bryusselga birinçi taşrifini amalga oşirib, Yevropa Komissiyasi prezidenti Ursula fon der Leyyen bilan muzokara ötkazgan.