16:26 / 29.06.2016
6735

Temza daryosida timsoh ko‘rindi

Temza daryosida timsoh paydo bo‘ldi va u London aholisini qo‘rqitib yubordi, deb xabar beradi The Mirror. Gazeta bu Buyuk Britaniyadagi birinchi yovvoyi timoh bo‘lishi mumkinligini aniqlashtirishga harakat qildi. 

Ikki metrli timsohning suratlari internetda chop etildi. Qayd etilishicha, fotosuratlar Londonning sharqiy qismida tasvirga olingan. Suratlar ko‘p marta tomosha qilinib, ommalashib ketdi. 

Hayriyatki, "timsoh" bir to‘plam arqon bo‘lib chiqdi, deb yozadi, Evening Standard. «Ayrim insonlar uning timsoh ekanligiga hanuz ishonishda davom etib, bu yerga kelishni istamayotganiga qaramay, bu juda qiziqarli holat», – deydi Docklands Sailing & Watersports Centre'lik Judi Sanders.   
 

Top