O‘zbekiston tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiya va savdo vazirligida bir qator chet el vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazildi
O‘zbekiston hamda Buyuk Britaniya savdo va sanoat sohasi bo‘yicha navbatdagi o‘zbek-britan yig‘ilishini o‘tkazish masalalariga oid savollarni muhokama qildi.
O‘zbekiston tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiya va savdo vazirligida Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchisi Kristofer Allan bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv mobaynida O‘zbekiston va Buyuk Britaniya vakillari ikki mamlakatning savdo-iqtisodiy, investitsiya va texnologik sohalardagi hamkorligining hozirgi holati va istiqboli yuzasidan muzokara o‘tkazishdi.
Shuningdek, O‘zbekiston va Fransiya 2016 yilning iyul oyida savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiya yig‘ilishini o‘tkazishni ham rejalashtirgan.
Fransiyaning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Jak-Anri Els O‘zbekiston tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiya va savdo vazirligida muzokara olib bordi.
Uchrashuv davomida ikki tomonlama savdo-iqtisodiy, investitsiya va moliyaviy-texnologik sohalardagi hamkorlik, Fransiya kompaniyalari bilan qo‘shma loyihalar realizatsiyasining hozirgi holati kabi mavzularda muzokaralar olib borildi.
Bundan tashqari, O‘zbekiston tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiya va savdo vazirligida Turkmaniston savdo va tashqi iqtisodiy aloqalar vaziri Dovran Orazmyradov bilan ham uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Vazirlik matbuot xizmatining xabar berishicha, ikki tomonlama uchrashuvda mamlakatlar o‘rtasidagi kelishuvlarni yuqori darajada amalga oshirishni realizatsiya qilish masalalari yuzasidan suhbat olib borildi.
Foto:Kristofer Allan