Jahon | 22:18 / 02.07.2016
6489
2 daqiqa o‘qiladi

Yelizaveta II shotlandiyaliklarni qiyinchilik sharoitida xotirjamlik saqlashga chaqirdi

Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II Shotlandiya parlamentida chiqish qildi. U o‘z nutqida dunyodagi o‘zgarishlar tufayli yuzaga kelayotgan qiyinchiliklar davrida xotirjamlikni saqlashga chaqirgan. Bu haqda Reuters agentligi xabar tarqatgan.

Qayd etilishicha, Shotlandiya parlamentining beshinchi sessiyasi ochilishida qirolicha mamlakatning YeIni tark etishi bilan bog‘liq referendumni esga olmagan.

"Biz barchamiz tezlik bilan rivojlanib borayotgan dunyoda yashamoqdamiz va ish olib bormoqdamiz. Biz bu sharoitda xotirjamlikni saqlab qolishimiz va ehtimoliy qiyinchiliklarga tayyor turishimiz kerak bo‘ladi", degan Yelizaveta II.

Bundan oldinroq qirolicha Shimoliy Irlandiyaga tashrifi vaqtida "hali tirikligi" haqida aytib hazillashgandi.

23 iyun kuni Buyuk Britaniyaning YeIni tark etishi bo‘yicha referendum o‘tkazildi. Unda Brexit tarafdorlari 51,9 foizlik ovoz bilan g‘alaba qilishdi. Angliya va Uels aholisining katta qismi Brexit uchun ovoz bergan bo‘lsa, Shimoliy Irlandiya va Shotlandiyada aksincha holat kuzatildi. Shundan bu mamlakatlar Buyuk Britaniyadan ajralib chiqish haqida gapirila boshlandi.