1. − Xudo xayringizni bersin, bir xamirlik un olib keling, rözamizni qizlar bilan nonsiz, yarim kosadan sut içib tutdik. Iftorlikka non qilay, un topib keling!

− Tutgan rözangni menga minnat qilma! Tutgan bölsang, özing uçun tutibsan. Siz röza emassiz, demoqçisan-da? 

− Heç ham unday demoqçi emasman, dadasi, bir kun insof bersa, rözani ham tutarsiz, namozni ham öqirsiz, el qatori masjidga ham çiqarsiz, − dedi işga boriş uçun kitob-daftarlari solingan sumkasini qöliga olgan Muqaddas. – Işdan kelgunimça un olib kelsangiz, non yopardim, biror xamir ovqat ham qilardim. Qizlar nonsiz röza tutişayapti, çarçab qolişmasin, deyman-da.

− Çarçasa, tutmasin! – öşqirdi Röziboy. – Kim qöyibdi muştdek qizlaringga röza tutişni? Hov, oltmişga kirsa, tutadi hali.

− Özingiz röza oyida tuğilganingiz uçun ismingizi Röziboy qöyişgan-u, bu oyning hurmatini qilmaysiz-da, dadasi, − dedi Muqaddas eşikdan çiqar ekan. – Oltmişgaça kim bor, kim yöq. Oltmişdan oşasan degan hujjatingiz bormi yoki?

− Sen gapga öqigansan, bor, işingga jöna, boşimni oğritib yubording! – dedi Röziboy yuziga körpani tortib. – Men piça mizğib olay, boşim oğriyapti.

− Ramazon demay, röza demay, tong otgunça ulfatlar bilan aroqxörlik qilgan odamning boşi tarsillab yorilib ketmaganiga men hayron, − dedi Muqaddas darvozaga qarab yurarkan.

Röziboy uning sözlarini eşitmaslik uçun körpaga burkanib oldi.

2.Muqaddas maktabdan kelib, eng avval erini suriştirdi:

− Farangiz, dadang kelmadimi?

− Peşingaça uxladilar, − javob berdi Farangiz. – Söng turib, yeyişga bir nima topolmay, sökinib çiqib ketdilar.

− Iftorlikka nima qilamiz, aya? – söradi Mehrangiz. – Uyda heç nima yöq.

− Bilaman, sen ham yuragimni ezma, − dedi Muqaddas. – Şu bugun oyligimizni berişar, degandim, afsus, keyingi haftada ham oylik bölmas emiş. Nima qilsak ekan?

− Toğamdan yordam sörasak-çi, aya? – dedi Farangiz.

− Uyat, qizim, toğang bölsa ham bir beradi, ikki beradi, uning ham bir etak bolasi bor, − dedi Muqaddas. – Şusiz ham ikki-uç marta pul sörab bordilaring. Endi uyalaman. Dadang kelsin-çi, tayinlagandim, un olib kelar. Olib kelsa, non ham yopamiz, biror ovqat ham qilarmiz.