Jahon | 12:01 / 02.07.2016
12822
1 daqiqa o‘qiladi

Turkmaniston rahbari "Qadr kechasi" sharafiga 600 nafardan ortiq kishini afv etdi

Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhammedov Ramazon oyida nishonlanadigan "Qadr kechasi" sharafiga 612 kishini afv etdi. Bu haqida RIA "Novosti" xabar qildi

Manbaga ko‘ra, prezident farmoni bilan 586 nafar Turkmaniston fuqarosi va 26 nafar xorijiy davlatlar fuqarolari jazo o‘tashdan ozod qilindi. 

Berdimuhammedov afv etilgan kishilar Qadr kechasini o‘z oilalari davrasida qarshi olishlari uchun qisqa muddatlarda ozod qilish va ularga ishga joylashish masalalarida yordam berish vazifasini topshirdi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish