Sport | 14:28 / 03.07.2016
8886
2 daqiqa o‘qiladi

Gvardiola «Real» va «Barselona» futbolchilarini «Manchester Siti»ga olib kelmoqchi

Angliyaning «Manchester Siti» klubi «Real»dan germaniyalik yarim himoyachi Toni Kroos va «Barselona»dan urugvaylik hujumchi Luis Suaresni sotib olmoqchi. Bu haqda The Mirror xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, jamoaning yangi bosh murabbiyi Xosep Gvardiola bu futbolchilarni o‘zi tashkil etayotgan jamoada ko‘rishni istamoqda. Qayd etish joiz, Kroos «Bavariya» safida ispaniyalik mutaxassis qo‘l ostida o‘ynagandi.

Germaniya terma jamoasi safida Yevropa chempionatida ishtirok etayotgan futbolchining transfer narxi 63 million funt sterlingga baholanmoqda.

Xabarda shuningdek, «Manchester Siti»  Luis Suares uchun 85 million funt sarflashi mumkinligi aytilgan.

«Shaharliklar» jamoasining ushbu transferlarga qo‘l urishiga jamoaning ashaddiy raqibi  «Manchester Yunayted»ning keyingi kunlarda ikkita katta transferni amalga oshirgani sabab bo‘lishi mumkin. 2 iyul kuni kuni «Qizil iblislar» Zlatan Ibrahimovich va Genrix Mxitaryanni o‘z safiga qo‘shib olgani haqida ma'lum qilingandi.

Kroos Primerada 2014 yildan buyon o‘ynab kelmoqda. U yakunlangan mavsumda 32ta o‘yinda maydonga tushib, bitta gol urdi va 10 marta sheriklarini golli uzatma bilan ta'minladi. Uning Madrid jamoasida shu vaqtgacha o‘tkazgan o‘yinlari soni 68ta.

Suares ham 2014 yili Angliyaning «Liverpul» jamoasi safidan Ispaniyaga kelgandi. U yakunlangan mavsumda 35 o‘yinda ishtirok etib, 40ta gol hamda 17golli pas muallifi bo‘ldi va La Liganing eng yaxshi to‘purari bo‘ldi. U shu vaqtgacha «ko‘k-anorranglilar» safidagi 62 uchrashuvda 56 marta raqiblar darvozasini ishg‘ol etgan.

Manba: Tribuna.uz