Sport | 12:04 / 03.07.2016
6994
3 daqiqa o‘qiladi

Yoaxim Lyov: «Penaltilar seriyasiga men ta'sir ko‘rsata olmasdim»

Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Yoaxim Lyov Yevro-2016 chorak finalida Italiyaga qarshi o‘yindan keyingi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Bu oxirgi zarbaga qadar dramatikligini saqlab qolgan o‘yin bo‘ldi. Bugungidagi kabi hissiyotlarni 2006 yilgi jahon chempionatida Argentinaga qarshi o‘yin vaqtida his qilgandim. Taktik jihatdan ikki jamoa ham yuqori saviyadagi o‘yinni namoyish etdi, lekin biz umumiy planda raqibdan ustunroq edik. Italyanlar juda kuchli xarakterga ega jamoa, lekin biz ham ularga bo‘sh kelmadik. 

Gol o‘tkazib yuborgan vaziyatimizda omadimiz chopmadi. Italyanlar o‘yindan gol ura olishmagan bo‘lardi. Biz uch nafar himoyachi bilan o‘ynash variantini ko‘rib chiqqandik. Tarkibda o‘zgarishlar bilan maydonga tushdik. Italiya Slovakiya emas. Bu jamoa 2 nafar markaziy hujumchi va 2 vinger bilan o‘ynaydi. Qattiq pressing qo‘llashadi. Italnlar qanotlardan markazga to‘p uzatib, hujumchilarni zarba berish nuqtasiga chiqarishni o‘z ichiga olgan futbol namoyish etishadi. Ularning harakatini oldindan uqish oson, lekin ular bu ishni maromida bajarishadi ham. 

Italiya – Ispaniya o‘yinidan keyin darhol 3 himoyachi bilan o‘ynash sxemasini o‘ylagandim. Penaltilar seriyasiga men ta'sir ko‘rsatmadim. Bu vaziyatda har bir futbolchi qanday harakatlanish borasida o‘zi qaror qabul qiladi. Dastlab zarba bergan 5 futbolchini tez tanladik. Ular juda tajribali penaltistlar. Lekin bugun ba'zilarning ishi yurishmadi. Yosh futbolchilar Kimmix va Hektor esa to‘g‘ri harakat qilib o‘yinni qutqarishdi. Ularning asablari bunday vaziyatga dosh bera oldi.

Frantsuzlar — Islandiyaga qarshi o‘yinda favorit, ular o‘z uyida o‘ynashmoqda va ularning tarkibi yuqori saviyali futbolchilardan tarkib topgan. Islandlar syurprizlar taqdim etishmoqda, ularning himoyasi yaxshi tashkil etilgan. Frantsuzlarga bu o‘yinda oson bo‘lmaydi, ammo menimcha ular o‘z darajasida o‘yin ko‘rsatib, yarim finalga chiqishadi. Biz Fransiyaga qarshi o‘ynashdan qo‘rqmaymiz», - degan Lyov. 

Bordodagi «Matmut-Atlantik» stadionida Germaniyaga qarshi kechgan o‘yinning asosiy vaqtida va qo‘shimcha bo‘limlar yakunida durang qayd etildi - 1:1. 65-daqiqada Mesut O‘zil Germaniyani oldinga olib chiqqandi. 78-daqiqada italiyaliklar himoyachisi Leonardo Bonuchchi penaltini aniq amalga oshirib hisobni tenglashtirgandi.

Nemislar jamoasi o‘yindan keyingi penaltilar seriyasida 6:5 hisobida g‘alaba qozondi. 

Germaniya endi yarim finalda Fransiya – Islandiya juftligi g‘olibiga qarshi maydonga tushadi.

Manba: Tribuna.uz