00:03 / 03.07.2016
22795

Toshkentda 1 avgust kuni «Anhor-Lokomotiv» parki ish boshlaydi

Toshkentda 1 avgust kuni yangi qurilayotgan «Anhor-Lokomotiv» madaniyat va istirohat bog‘i foydalanishga topshiriladi.

Parkda O‘zbekistondagi eng yirik, umumiy maydoni 12 ming kvadrat metrga teng kartodrom faoliyat olib boradi.

Myday.uz

Bog‘ning yozgi maydonida film namoyishlari, bayram konsertlari va ko‘ngilochar tadbirlar uyushtiriladi.

Bog‘da 1810 metr kvadratga teng sun'iy hovuz ham foydalanishga topshiriladi.  Unda retro-avtomobil ko‘rinishidagi katamaran va elektr-qayiqlarga guvoh bo‘lish mumkin.

Myday.uz

Parkda to‘rtta kinozal, 320 o‘ringa mo‘ljallangan restoran, bolalar maydonchasiga ega qahvaxona, ikkita fudkort, bepul avtoturargoh ishlab turadi.

«Anhor-Lokomotiv» madaniyat va istirohat bog‘ida O‘zbekistonning turli osori-atiqalarini kichik ko‘rinishda tomosha qilish imkoniyati mavjud.

Myday.uz
Myday.uz
Myday.uz
Top