Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Italiyaning Alitalia aviakompaniyasi 140ta parvozini bekor qildi
Alitalia aviakompaniyasining uchuvchi va bortkuzatuvchilari 4 soatlik ish tashlash o‘tkazayotgani bois, 140dan ortiq turli yo‘nalishlardagi parvozni bekor qildi, deb yozmoqda Corriere della Sera.
4ta kasaba uyushmasi e'lon qilgan parvoz tarkibining noroziligi Toshkent vaqti bilan 14:00da boshlanib, 18:00da yakunlanadi. Ular, amaldagi qonunchilik va mehnat shartnomasida belgilangan ish vaqti tartibiga rioya etilmayotganini, ish tashlashga vaj qilishmoqda.
Alitalia kompaniyasi rahbari Kramer Boll yo‘lovchilardan, ularga yetkazilgan noqulayliklar uchun uzr so‘ragan murojaatini e'lon qilgan. Unda qayd etilishicha, kompaniya uchuvchilarni ayrim imtiyozlardan mahrum etgach, kasaba uyushmalari ish tashlashga qaror qilgan. Alitaliadan tashqari, Meridiana aviakompaniyasi ham 4 soatlik ish tashlash o‘tkazmoqda.
Umuman, Italidagi yoz mavsumi, odatda soha kasaba uyushmalarining faol norozilik namoyishlari bilan ajralib turadi.
Mavzuga oid
08:54 / 18.03.2026
Toskana prezidenti iyul oyida O‘zbekistonga tashrif buyuradi
15:29 / 17.03.2026
RFning gaz tashuvchi kemasi: YeI ekologik falokatdan xavotirda
11:58 / 17.03.2026
Berlin aeroporti 18 mart kuni ish tashlash sababli barcha reyslarni bekor qiladi
08:10 / 07.03.2026