Ma’lum qilinişiça, Migratsiya agentligi Italiyaning Sardiniya hududidagi tibbiyot muassasalari uçun özbekistonlik şifokorlarni tanlab oliş dasturini amalga oşirmoqda.
Loyiha doirasida pediatr, nevrolog, diabetolog, pulmonolog, gastroenterolog, şoşilinç tibbiy yordam şifokori hamda boşqa mutaxassisliklar böyiça nomzodlar körib çiqiladi.
Nomzodlar Italiyaning Peruja universiteti hamkorligida taşkil etilgan italyan tili kurslarida 7 oy davomida onlayn ta’lim oladi. Kurs xarajatlari Migratsiya agentligi tomonidan qoplanadi va har bir tinglovçi uçun oyiga 600 yevro miqdorida mablağ ajratiladi.
Til kursini muvaffaqiyatli yakunlagan şifokorlar Italiyaning Sardiniya hududida iş boşlaş imkoniyatiga ega böladi. Boşlanğiç oylik maoş 3 500 yevrogaça etib belgilangan.
Şuningdek, qöşimça iş soatlari va tungi navbatçilik uçun beriladigan ustamalar hisobiga oylik daromad 4 000–5 000 yevrogaça oşişi mumkin.
Dastur iştirokçilari uçun bir qator ijtimoiy kafolatlar ham nazarda tutilgan. Xususan, turar joy xarajatlari iş beruvçi tomonidan qoplanadi, tuşlik bilan ta’minlanadi hamda tibbiy suğurta rasmiylaştiriladi.
Nomzodlarga qöyiladigan asosiy talablar orasida oliy tibbiy ma’lumotga ega böliş muhim hisoblanadi. Iş tajribasi majburiy emas, ammo tajribali mutaxassislarga ustuvorlik beriladi.
Dasturda iştirok etiş uçun yoş çegarasi 50 yoş etib belgilangan bölib, 40 yoşgaça bölgan nomzodlarga afzallik beriladi. Saralaş jarayoni xorijda işlaş platformasida rezyume (CV) töldirgan nomzodlar orasidan amalga oşiriladi.

















