Jahon | 23:40 / 06.07.2016
5993
1 daqiqa o‘qiladi

Parijdagi terrakt ishtirokchisining akasi to‘qqiz yilga qamaldi

O‘tgan yilning 13 noyabr kuni Parijda uyushtirilgan terrak ishtirokchilaridan biri terrorchi-xudkush Foyyed Muhammad Aggatning ukasi Karim Muhammad Aggar to‘qqiz yilga qamaldi.

Uning akasi Foyyed «Bataklan» teatriga qurolli hujum qilganlardan biri bo‘lgan. U bino ichida o‘zini portlatib yuborgan. Karim 2013 yilda Suriyaga borgan va jangarilar bilan mashg‘ulotlarda qatnashgan.

2015 yilning 13 noyabrida Parijda uyushtirilgan bir nechta terraktlar oqibatida 130 kishi halok bo‘lgan edi.