Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 07:47 / 07.07.2016
6940
1 daqiqa o‘qiladi
Bag‘doddagi terakt qurbonlari soni 290 kishiga yetdi
3 iyulga o‘tar kechasi Bag‘dodda sodir etilgan terakt qurbonlari soni 290 kishiga yetdi, deb ma'lum qildi Al Mayadeen telekanali. 17 kishi bedarak yo‘qolgan deb hisoblanmoqda, 180 kishi turli darajadagi jarohatlar olgan.
2 iyuldan 3 iyulga o‘tar kechasi Bag‘dod markazida minalashtirilgan avtomobil portlatilgandi. Avvalroq qurbonlar soni 250 kishiga yetgani ma'lum qilingandi.
Terakt uchun javobgarlikni IShID terrorchilik guruhi o‘z zimmasiga olgan.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish