Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
2016 yil iyun oyida Donbassda halok bo‘lganlar miqdori rekord darajaga chiqdi
BMTning gumanitar masalalarni muvofiqlashtirish boshqarmasining ma'lum qilishicha, Donbassdagi ziddiyatlarda 2016 yilning iyun oyida rekord darjada ko‘p odam halok bo‘lgan.
«Joriy yilning iyun oyida Ukraina sharqidagi qarama-qarshiliklar kuchayib ketdi. Bu tinch aholi vakillari orasida 2015 yil avgust oyiga qaraganda rekord darjada ko‘p qurbonlarni keltirib chiqardi», — deyiladi boshqarma hisobotida.
Ma'lum bo‘lishicha, otishmalar natijasida 12 kishi halok bo‘lgan, 57 nafari esa turli darjada jarohatlar olgan. Shuningdek, otishmalarda “turli artelleriya tizimlaridan, jumladan, Minsk shartnomasida taqiqlangan kalibrlardan foydalanilgan».
Hisobotda ma'lum qilinishicha, Ukraina sharqida boshlangan qarama-qarshiliklarda shu paytga qadar 9470 kishi halok bo‘lgan. Ular ichidan 2000 nafarga yaqini tinch aholi vakilidir. 21 880 kishi esa yaralangan.
foto:© RIA
Mavzuga oid
21:08 / 22.05.2026
Bloomberg: Putin urushni yil oxirigacha yakunlamoqchi, ammo o‘z shartlari asosida
20:09 / 21.05.2026
BMT Qirg‘iziston, O‘zbekiston va Tojikiston tayyorlagan rezolyutsiyani qabul qildi
08:50 / 20.05.2026
Vashington: BMT tahdidlar uchun joy emas
09:07 / 13.05.2026