Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
BMT «muqarrar moliyaviy inqiroz» xavfi ostida ekani ma’lum bo‘ldi
Birlashgan Millatlar Tashkiloti bosh kotibi Antoniu Guterrish a’zo davlatlarga rasmiy maktub yo‘llab, unda tashkilot badallar bo‘yicha qarzlar tufayli muqarrar moliyaviy inqiroz xavfi ostida ekanini ta’kidladi.
Foto: Reuters
Guterrish so‘zlariga ko‘ra, likvidlik bilan bog‘liq vaziyat jiddiy yomonlashgan va tashkilotning asosiy dasturlari va majburiyatlarini bajarish qobiliyatiga tahdid solmoqda. Bu haqda Reuters xabar berdi.
Uning ta’kidlashicha, 2025 yil oxirida BMT to‘lanmagan majburiy badallarning rekord darajadagi hajmiga duch keldi va BMT tomonidan o‘zlashtirilmagan mablag‘larni a’zo davlatlarga qaytarish bo‘yicha amaldagi budjet qoidasi «paradoksal vaziyat»ni keltirib chiqardi - tashkilot olmagan pullarini berishga majbur bo‘lmoqda.
Guterrishning ma’lum qilishicha, inqiroz tobora kuchayib bormoqda va agar mamlakatlar badallarni to‘liq va o‘z vaqtida to‘lashni boshlamasa yoki BMT moliyaviy qoidalari qayta ko‘rib chiqilmasa, tashkilot 2026 yil iyuligacha mablag‘siz qolishi mumkin.
Bosh kotib maktubda shuningdek, eng yirik badal to‘lovchi - majburiy va ixtiyoriy to‘lovlarni qisqartirgan Qo‘shma Shtatlar moliyaviy vaziyatning yomonlashishida muhim rol o‘ynaganini ta’kidladi. Boshqa qarzdor mamlakatlar matnda ko‘rsatilmagan.
Guterrish a’zo davlatlarni BMT tinchlikparvarlik, gumanitar yordam va taraqqiyot kabi asosiy yo‘nalishlari faoliyatiga halokatli ta’sir ko‘rsatmaslik uchun moliyaviy majburiyatlarini bajarishga yoki budjet qoidalarini isloh qilishni kelishib olishga chaqirdi.
Mavzuga oid
23:40 / 30.01.2026
Panama kanali Xitoy kompaniyasidan olib qo‘yildi
16:08 / 30.01.2026
Tramp Putin kuchli sovuq tufayli Kiyevga zarbalarni to‘xtatib turishini aytdi
15:32 / 30.01.2026
“Inklyuzivlik”ka stop: AQSh 30 mlrd dollarlik mablag‘ni bloklashi mumkin
13:54 / 30.01.2026