Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShning Alabama shtatida pensioner o‘z rafiqasini garovga oldi
Foto: Mark Apollo/Globallookpress
AQShning Alabama shtati, Rendolf okrugida bir pensioner o‘z o‘g‘li uyini yoqib yuborib, o‘z rafiqasini garovga oldi. Bu haqda WPMI Local 15 News xabar bermoqda.
Ta'kidlanishicha, to‘pponcha va miltiq bilan qurollangan 77 yoshli erkak o‘z o‘g‘li uyi, uning avtomobili va xo‘jalik imoratlariga o‘t qo‘ygan. So‘ngra qariya o‘g‘lining itini otib tashlab, o‘z rafiqasini garovga olgan.
Erkak rafiqasiga qurol bilan tahdid qilib, mashina ichidan qulflanib olgan. Voqea joyiga yetib kelgan politsiyachilar maxsus operatsiya o‘tkazib, ayolni ozod qilishgan, erkak esa otib tashlangan. Shuningdek, bir nafar politsiyachi jarohat olgan.
Pensionerning bunday qilishiga nima sabab bo‘lgani hozircha ma'lum qilinmagan.
Mavzuga oid
09:32 / 03.02.2025
Germaniyada qashshoqlik yoqasida turgan pensionerlar soni ortib bormoqda
08:18 / 26.04.2024
O‘zbekistonda ishlayotgan pensionerlar soni ma’lum qilindi
09:03 / 02.05.2023
O‘z vaqtida olinmagan pensiyani to‘lash muddati 24 oygacha uzaytirilmoqda
18:32 / 27.03.2023