«Toşkent metropoliteni» xabariga köra, buning uçun pensiya oluvçi yölovçilar metro xizmatidan foydalaniş vaqtlarida şaxsiy pensionerlik guvohnomasini metro xodimiga taqdim etişi lozim.
«Metro xizmatidan foydalaniş vaqtida özingiz bilan pensionerlik guvohnomangizni olişni unutmang», deyiladi xabarda.
Ma’lumot uçun, 2023 yil 1 apreldan boşlab Toşkent metropolitenining töliq faoliyat körsatişi vaqti davomida pensiya oluvçilarga bepul xizmat körsatiladi. Bu haqda prezidentning 15 mart kuni tegişli qarori qabul qilindi.
Toşkent metropolitenining mazkur xizmatlarni körsatiş evaziga olinmay qolgan daromadlari Özbekiston davlat budjeti mablağlari hisobidan qoplab boriladi.
2017 yilning mart oyi boşidan Toşkent metropolitenida harakatlaniş pensionerlar uçun soat 10:00 dan soat 16:00 gaça bepul bölgan. Yangilik 15 martdan joriy etilgandi.
Metropoliten operatoriga pensionerlik guvohnomasini körsatgan yölovçilarga maxsus (bepul), rangi qizil jyeton berilgan va ular alohida ajratilgan turniketdan ötgan.












