Jahon | 18:08 / 12.07.2016
5162
1 daqiqa o‘qiladi

Italiyada ikki poyezdning to‘qnashishi oqibatida halok bo‘lganlar soni 20 nafarga yaqinlashdi

Italiyaning Bari provinsiyasida ikki poyezdning to‘qnashishi oqibatida kamida 20 kishi halok bo‘lgan. Bu haqda AFP xabar bermoqda.

Shuningdek, hodisa oqibatida, o‘nlab kishilar jabrlangan. Dastlabki xabarlarda 6 kishining o‘limi haqida aytilgandi.

Voqea joyida o‘t o‘chirish va politsiya xodimlari hamda qutqaruvchilar ish olib bormoqda.

Ayni damda noxush hodisa sabablari o‘rganilmoqda.

Voqea Andriya va Korato qishloqlari oralig‘idagi hududda ro‘y bergan.

Rai News 24 telekanali voqea joyia olingan videoni namoyish etdi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish