Sport | 17:34 / 13.07.2016
5436
1 daqiqa o‘qiladi

Barselonada shifokorlar o‘rtasida futbol bo‘yicha jahon chempionati o‘tkazilmoqda

Foto: Tribuna.uz

10 iyul kuni Ispaniyaning Barselona shahrida butun dunyo shifokorlari o‘rtasida jahon chempionati boshlandi. 16 iyulga qadar davom etadigan turnirda o‘zbekistonlik tibbiyot xodimlaridan tuzilgan jamoa ham ishtirok etmoqda.

O‘zbekiston terma jamoasi amerikalik shifokorlarga qarshi uchrashuvda 2:1 hisobida g‘olib bo‘ldi. 

Avstraliya vakillariga qarshi o‘yinda o‘zbekistonliklar jamoasi  1:1 hisobini qayd etishgan.

Shuningdek, 3-turda Shvetsiya bilan ham shiddatli jang o‘tkazilib, bu bahsda o‘zbekistonliklar 1:3 hisobida mag‘lub bo‘lishdi va yakunda guruhda 4 ochko bilan 2-o‘rinni olib 1/8 bosqichga chiqa olishmadi.

Oldinda O‘zbekiston vakillarini 9-o‘rin uchun kurash kutib turibdi.

Manba: Tribuna.uz

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid