Jamiyat | 10:52 / 15.07.2016
5943
2 daqiqa o‘qiladi

AUTOGRAPH san'at galereyasida Rossiya-O‘zbekiston yo‘nalishidagi sayyohlikni rivojlantirishga doir V2b uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

13 iyul kuni AUTOGRAPH san'at galereyasida ilk yubiley nishonlandi – galereyaning tantanali ochilganiga bir oy to‘ldi. Muhim voqea galereyada Rossiya-O‘zbekiston yo‘nalishidagi sayyohlikni rivojlantirishga doir V2b uchrashuvining o‘tkazilish vaqtiga to‘g‘ri keldi. 

Tadbirda Rossiyaning 10 ta yetakchi sayyohlik kompaniyasi hamda o‘zbek sayyohlik firmalarining taxminan 40 vakili ishtirok etib, ular hamkorlik haqida shartnomalarni muvaffaqiyatli imzolashdi. Rossiya-O‘zbekiston yo‘nalishidagi sayyohlik aloqalarining rivojlanishiga bag‘ishlangan uchrashuv ikki mamlakat sayyohlik biznesi vakillari hamkorligining yangi bosqichiga asos soldi. 

O‘zbekiston rossiyalik sayyohlar ko‘z o‘ngida o‘zining ajoyib tarixi, qadimiy me'morchiligi va boy madaniyatiga ega mamlakat sifatida namoyon bo‘ladi. Tadbirda ishtirok etgan poytaxt mehmonlarining e'tirofiga ko‘ra, uchrashuv juda yaxshi tashkillashtirilgan bo‘lib, unda ishtirokchilar samarali xalqaro muloqot uchun zarur bo‘lgan barcha sharoitlarning yaratilganligini ta'kidlashdi. 

Tadbirning O‘zbekiston va Rossiya sayyohlik aloqalarini rivojlantirishga bag‘ishlangan rasmiy qismidan so‘ng poytaxt mehmonlari uchun taqdimot shousi bo‘lib o‘tdi. Ijodiy jamoalar yig‘ilganlarni an'anaviy o‘zbek musiqasi va raqsi olamiga chorlashdi. Tadbirni o‘tkazishga aynan shu joyning tanlanishi ham bejiz emas. Sayyohlik biznesi sohasidagi loyihalarni amalga oshirish uchun mehmonlar bir-biri bilan tanishadigan tadbirning tasviriy san'at namunalari namoyish etilgan o‘zbek an'analari ruhidagi san'at galereyasida o‘tkazilishi ayni muddaodir. 

Uchrashuv ishtirokchilari O‘zbekistonning mehmondorchiligini alohida ta'kidlashdi hamda mamlakatimiz bilan bog‘liq loyihalarini kengaytirishga qat'iy qaror qilganliklarini ma'lum qilishdi. 
 

Reklama huquqi asosida.