Jahon | 22:12 / 15.07.2016
5100
2 daqiqa o‘qiladi

Dubayda "aqlli plyajlar"ni modernizatsiya qilish ishlari davom ettirilmoqda

Dubay hukumati mahalliy plyajlarni smartfonlarni quvvatlash uchun shamol generatorlari va quyosh batareyalari hamda "aqlli" yechinish xonalari va wi-fi nuqtalari bilan jihozlashni davom ettirmoqda. Bu haqda Dubayning sayyohlik departamenti matbuot xizmati ma'lum qildi. 

"Dubay hukumati Burj-al-Arab mehmonxonasi yonidagi Umm-Sukkaym-2 plyajini modernizatsiyalashni o‘tkazmoqda. Umm-Sukkaym yechinish xonalari odatdagi xizmatlar to‘plamidan tashqari, kodli saqlash kameralari bilan jihozlanadi", deyilmoqda xabarda.  

Dubay rahbariyati shuningdek plyajda internetga bepul kirish nuqtalarini tashkillashtirish bo‘yicha ish olib bormoqda. Internet-stansiyalar palmalar shaklida bo‘lib, bir vaqtning o‘zida 50 nafar dam oluvchiga 53 metr masofada internetga kirishga imkon beradi. Bundan tashqari, elektron palmalardan gadjyet va telefonlarni quvvatlash uchun foydalanish mumkin bo‘ladi. Palmalar mehmonlarga ob-havo va diqqatga sazovor joylar haqida ma'lumot ko‘rsatishi mumkin. Palmalar quyosh batareyalaridan kun davomida quvvatlanadi, kechasi esa plyajni yoritadi. Bunday "aqlli palmalar" shuningdek Jumeyra bich va Al-Mamzar plyajlarida paydo bo‘ladi.  

"Umm-Sukkaym-2" plyaji boshlang‘ich loyiha bo‘ladi. Yangi qulayliklar mukammal holatga keltirilgach, biz uni Dubayda joylashgan boshqa plyajlarda tatbiq qilamiz", deb aytdi Dubay bosh direktori o‘rinbosari Obid Al-Shamsiy.

Ikkita ilk "aqlli palmalar" Burj-al-Arab mehmonxonasi yonidagi Umm-Sukkaym plyajida va Zabeel Park bog‘ida 2015 yil avgustda o‘rnatilgandi.