Jahon | 14:55 / 15.07.2016
5996
1 daqiqa o‘qiladi
Qozog‘istonda terroristik xavfning “sariq” darajasi 30 kunga uzaytirildi
Aqto‘bedagi teraktdan so‘ng Qozog‘istondagi terroristik xavfning “sariq” darajasi yana 30 kunga uzaytirildi. Bu haqida respublika Milliy xavfsizlik komitetining ma'lumotiga tayanib, RIA “Novosti” xabar berdi. Ta'kidlanishicha, 6 iyundan e'tiboran Qozog‘istondagi terroristik xavfning “sariq” darajasi e'lon qilingan.
“Qozog‘iston Respublikasi Aksilterror markazi terroristik xavfning “sariq” darajasi butun mamlakat bo‘ylab 2016 yilning 16 iyulidan boshlab 30 kunga uzaytirilishi haqida ma'lum qiladi”, - deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
20:59
Qozog‘istonda Yevropa va Osiyo o‘rtasidagi ko‘prik yuk avtomobillari uchun yopildi
15:13
O‘zbekiston va Qozog‘iston ta’limda qo‘shma dasturlarni amalga oshirishni muhokama qilyapti
15:25 / 14.11.2024
Qozog‘istonda Kaspiy dengizi sohilidan mingdan ortiq o‘lik tyulenlar topildi
21:23 / 13.11.2024