Jamiyat | 08:54 / 17.07.2016
5502
2 daqiqa o‘qiladi

So‘rovnoma: Amerikaliklarning katta qismi AQShda irqlararo munosabatlar yaxshi emas deb hisoblaydi

AQShda oq va qora tanlilar orasidagi munosabatlar ahvoli og‘irlashmoqda. Bu  Washington Post gazetasi va AVS telekompaniyasi o‘tkazgan so‘rovnoma natijasida aks etgan.

Qayd etilishicha, so‘rovnomada qatnashganlarning 63 foizi "yomon" javobini tanlagan, 32 foiz so‘raluvchi boshqacha fikrda, 5 foizi esa javob topishga qiynalgan.

So‘rovnomada butun mamlakat bo‘ylab 1003 nafar voyaga yetgan amerikalik ishtirok etgan.

Pew Research kompaniyasining may oyidagi so‘rovnomasida irqlararo munosabatlar yomon deb hisoblovchilar 40 foiz edi.

"Bunga shubha yo‘q, hozirda iqrchilik holati bo‘yicha eng og‘ir vaziyatga tushib qolganmiz. Men shuni ko‘rmoqdaman", deya Lindon Jonson nomidagi Maktablarda irqlararo munosabatlar va demokratiya bo‘yicha tadqiqotlar markazining jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limida faoliyat ko‘rsatuvchi Peniyel Jozefning so‘zlarini keltiradi Washington Post.

U hamisha oq tanlilar va qora tanlilar orasida adovat saqlanib kelganini tan olgan.

Minnesota va Luiziana shtatlarida 2 afroamerikalik o‘smirning politsiya tomonidan o‘ldirilishi ortida AQSh bo‘ylab norozilik namoyishlari to‘lqini paydo bo‘ldi. Dallasda qora tanli amerikalik 5 nafar politsiyani o‘ldirdi.