Baton-Rujda politsiyachilarni otgan mergan AQSh armiyasi safida Iroqda xizmat qilgan
Luiziana shtatining Baton-Ruj shahrida 3 politsiyachini otib o‘ldirgan Gevin Long 3 yil davomida harbiy dengiz piyoda kuchlari safida Iroqda xizmat qilgani aniqlandi. U huquq tartibot organlari tomonidan afroamerikaliklarga ko‘rsatilgan zulmdan norozi bo‘lgan. Bu haqda The Guardian xabar tarqatdi.
New York Times ma'lumotiga ko‘ra, Long 2005 yili AQSh Harbiy-dengiz piyoda qo‘shinlari safiga chaqirilgan.
Qayd etilishicha, u 2008-2009 yillarda Iroqda bo‘lgan.
CBS News ma'lumotiga ko‘ra, u 2010 yili serjant darajasidaligida xizmatdan bo‘shatilgan.
Bundan oldinroq, u o‘zining tug‘ilgan kunida, 29 yoshga chiqqan kunida politsiyachilarga hujum qilgani haqida xabar berilgandi.
17 iyul, yakshanba kuni soat 19:00 atrofida uch nafar politsiyachi o‘qotar quroldan yaralangan. Ular og‘ir jarohatlar tufayli hayotdan ko‘z yumgan. Zobitlarga o‘q uzgan shaxs jonsiz holatda topilgan.