20:01 / 24.07.2016
5303

Hindistonda avtobus va yuk mashinasi to‘qnashishi oqibatida kamida 10 kishi halok bo‘ldi

Foto:© Fotolia

Hindiston janubidagi Tamilnad shtatida konteynerlar tashuvchi yuk mashina va avtobus to‘qnashishi oqibatida kamida 10 kishi halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda ANI agentligi.

Yo‘l-transport hodisasi oqibatida 33 kishi jarohat olgan, ular shifoxonalarga yetkazilgan. 

Voqea 24 iyulda Krishnagiri okrugida yuz bergan. YTH sabablari ma'lum qilinmagan.

Top