20:53 / 27.07.2016
6975

Obama: Tramp prezident bo‘lish uchun yetarli bilimga ega emas

AQSh prezidenti Barak Obamaning fikricha, AQSh prezidentligi uchun Respublikachilar partiyasidan nomzod milliarder Donald Tramp, davlatni boshqarish uchun yetarli bilimga ega emas. U, NBC telekanaliga bergan intervyusida shunday fikrni bildirgan.

Obama, "Trampning yadro kodiga egalik qilishi mumkinligi xavotirga solayaptimi?" degan savolga "meni o‘zi bilishi lozim bo‘lgan narsani bilmagan va bilishni ham istamagan prezident tashvishga soladi", deya javob qaytargan.

"Men bahs-munozaralar vaqtida uning chiqishini tinglar ekanman, Trampning umuman dunyo haqidagi bilimi sayoz ekaniga, yadro triadasi nimaligi, u yoki bu mamlakat qayerda joylashgani, musulmon olamidagi sunniylar va shialar o‘rtasidagi farq nimadan iborat ekanini bilmasligiga va bilish uchun ko‘p vaqtini sarflashni istamayotganiga ishonch hosil qilaman", - deydi Amerika  prezidenti.

Top