Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Olimlar uzoq saqlanadigan pomidor navini ixtiro qilishdi
Angliyaning Nottingem universiteti olimlari tomonidan olib borilgan tadqiqotlar natijasida pomidorlarni uzoq saqlashga xizmat qiladigan fermentga javob beruvchi gen aniqlandi. Tadqiqot haqida batafsil Nature Biotechnology jurnalida tanishish mumkin.
Har yili naslchilik bilan shug‘ullanuvchilar mevalarning yanada ozuqali navlarini yetishtirishga va shu bilan birga ularning sifatini saqlab qolishga harakat qilishadi. Shu paytga qadar pomidor bilan bog‘liq ana shunday tadqiqotlar kam o‘tkazilgan edi. Bu safar olimlar laboratoriya sharoitida olib borgan tadqiqotlari shuni ko‘rsatdiki, agar pomidorning yumshashiga javob beruvchi gen kuchaytirilsa, ana unda sabzavotning rangi va shu bilan birga turli foydali vitaminlari ham saqlab qolinadi.
Olimlarning tasdiqlashicha, mazkur ixtiro pomidorlarning yangi navini yetishtirishda qo‘l keladi. Ushbu yangi yetishtirilgan navlar uzoq saqlanishi bilan odatdagilardan ajralib turadi.
Bugungi kunda dunyoda pomidorlar savdosi aylanmasi 50 mlrd dollarni tashkil etadi.
Mavzuga oid
21:19 / 16.05.2026
Abduqodir Husanov «Manchester Siti» bilan yana bir sovrinni qo‘lga kiritdi
16:05 / 03.02.2026
Rossiya olimlarning “do‘st bo‘lmagan” davlatlarga safarlarini chekladi
21:56 / 14.01.2026
Maykl Kerrik «Manchester Yunayted»ni mavsum oxirigacha boshqaradi
00:41 / 14.12.2025